Biz haqimizda

Tabiiy va sifatli mahsulotlar yetishtiramiz

Tabiiy va sifatli mahsulotlar yetishtiramiz
Sifat ustida qanday ishlaymiz
Bizning bosqichlar

Sifat ustida qanday ishlaymiz

  • icon

    Yer va loyihani tayyorlash

    Har bir maydonda tuproq va suv tahlili o'tkaziladi, natijaga qarab nav, ko'chat sxemasi va o'g'itlash rejasi belgilanadi.

  • icon

    Ekish va intensiv parvarish

    "Dalival" kompaniyasining sertifikatlangan navlari 3x1 metr sxemada ekiladi, tomchilatib sug'oriladi va agronomlar nazorati ostida parvarishlanadi.

  • icon

    Yig'im-terim va saqlash

    Hosil qo'lda teriladi, "Global Scan 7 AI" liniyasida saralanadi va sovutgich omborda saqlanib, iste'molchiga yetkaziladi.

Bazaviy maydonimiz — Jizzax viloyati Bahmal tumanida, tog' oldi hududida. Faoliyatimiz Xazorasp, Yangiariq, Shahrisabz, Samarqand va Quva tumanlarini ham qamrab olgan.

Sifat nazorati bog'dan boshlanadi: tuproq va suv tahlili, agronomlar kuzatuvi, meteostansiya va namlik datchiklari ma'lumotlari asosida parvarish olib boriladi. Terilgan hosil "Global Scan 7 AI" saralash liniyasida o'lchami, rangi va sifati bo'yicha avtomatik ajratiladi, so'ng sovutgich omborda saqlanadi.

Asosiy yo'nalishimiz — eksportbop olma va nok navlari: Gala, Fuji, Golden Delicious, Pink Lady; nok bo'yicha — Vilyams, Konferens, Abate Fetel. Ko'chatlar Fransiyaning "Dalival" kompaniyasidan sertifikatlangan holda keltiriladi.

Ha. Bog'imizda ko'rgazmali maydon va amaliyot joylari mavjud. Fermerlar, talabalar va hamkorlar uchun oldindan kelishilgan holda tashrif tashkil etiladi. Har yili sentyabr oyida "Olma va nok sayli" ham o'tkaziladi.

Ha. Ko'chat yetkazib berish, bog' loyihasini tuzish, tuproq va suv tahlili, agronom xizmati hamda texnika bilan xizmat ko'rsatish (frezerlash, kesish, dori sepish) yo'lga qo'yilgan. Xonadon maktabimizda tomorqa yer egalari uchun o'quv seminarlari ham o'tkaziladi.
Savol-javob

Barcha savollarga javob shu yerda