Bazaviy maydonimiz — Jizzax viloyati Bahmal tumanida, tog' oldi hududida. Faoliyatimiz Xazorasp, Yangiariq, Shahrisabz, Samarqand va Quva tumanlarini ham qamrab olgan.

Sifat nazorati bog'dan boshlanadi: tuproq va suv tahlili, agronomlar kuzatuvi, meteostansiya va namlik datchiklari ma'lumotlari asosida parvarish olib boriladi. Terilgan hosil "Global Scan 7 AI" saralash liniyasida o'lchami, rangi va sifati bo'yicha avtomatik ajratiladi, so'ng sovutgich omborda saqlanadi.

Asosiy yo'nalishimiz — eksportbop olma va nok navlari: Gala, Fuji, Golden Delicious, Pink Lady; nok bo'yicha — Vilyams, Konferens, Abate Fetel. Ko'chatlar Fransiyaning "Dalival" kompaniyasidan sertifikatlangan holda keltiriladi.

Ha. Bog'imizda ko'rgazmali maydon va amaliyot joylari mavjud. Fermerlar, talabalar va hamkorlar uchun oldindan kelishilgan holda tashrif tashkil etiladi. Har yili sentyabr oyida "Olma va nok sayli" ham o'tkaziladi.

Ha. Ko'chat yetkazib berish, bog' loyihasini tuzish, tuproq va suv tahlili, agronom xizmati hamda texnika bilan xizmat ko'rsatish (frezerlash, kesish, dori sepish) yo'lga qo'yilgan. Xonadon maktabimizda tomorqa yer egalari uchun o'quv seminarlari ham o'tkaziladi.
Yangiliklar

Bizga qo'shiling va yangiliklardan xabardor bo'ling